
Jomboyda ko‘pkari bahslari boshlandi
Samarqand viloyati Jomboy tumanidagi Qo‘ng‘irot mahallasida ko‘pkari musobaqasi o‘tkazilmoqda.
Navro‘z umumxalq bayrami arafasida o‘tkazilayotgan turnirda o‘zbekistonlik chavandozlardan tashqari Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Afg‘oniston vakillari ham ishtirok etmoqda.
SPORTS.uzga ma’lum bo‘lishicha, ko‘pkari uchun sovringa 15 ta telvizor, 15 ta kir yuvish mashinasi, 15 ta muzlatkich, 15 bosh qo‘y, 15 bosh qoramol, 5 bosh toy, 5 bosh tuya qo‘yilgan. Shuningdek, Gran-Pri uchun viloyat hokimligi nomidan yangi avtomobil ajratilgan.
Quyida ko‘pkari bahslaridan olingan ba’zi suratlarni tomosha qilishingiz mumkin:








Suratlar muallifi: Sohib Sayfullaev
Fikrlar