Jon Jons aeroportda hibsga olingan Dastin Porye haqida nimalar dedi?
UFC sobiq chempioni Jon Jons Atlanta aeroportida mast holda hibsga olingan Dastin Poryeni qo‘llab-quvvatladi.
"Umid qilamanki, Dastin boshini egmaydi, aqlini yig‘adi va oxir-oqibat barchasini tushunadi. Hozir u haqida butun dunyo gapiryapti. Lekin Porye hech kimga zarar yetkazmagan, shunchaki mast edi. Hammamiz mast bo‘lamiz. Ichkilik ahmoqona ishlar qilishga majbur qiladi. U uchun o‘zini kechirish va oldinga intilish muhim", - deya Jonsning so‘zlarini keltirmoqdi "Red Corner MMA".
Eslatib o‘tamiz, Dastin Porye 2025 yil 19 iyul kuni "UFC 318" turnirida Maks Holloweydan yengilgach, faoliyatini yakunlaganini e’lon qilgandi.

Fikrlar