Jon Jons: "Aleks Perreyra bilan jangimizni butun dunyo tomosha qiladi"
38 yoshli amerikalik jangchi Jon Jons Oq Uyda o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan UFC turnirida jang qilishga tayyorligini aytdi.
“UFC turnirining Oq Uyda o‘tishi haqiqiy blokbaster bo‘ladi, bu jangni butun dunyo tomosha qiladi. Albatta, men bu kechada ishtirok etmoqchiman. Ayniqsa, Perreyra bilan oktagonda to‘qnash kelishni istayman. U nihoyatda hurmatga sazovor inson. Aleks chempion va uni eng buyuk jangchilardan biri deb hisoblashadi. Biroq faoliyatim davomida men ko‘plab braziliyalik jangchilarni mag‘lub etganman. Bu safar bahs qanday yakunlansa ham, hech bir tomon yutqazmaydi — ikkimiz ham g‘olib bo‘lamiz. Bu qarama-qarshilik millionlab tomoshabinlarni ekranlar qarshisiga yig‘adi”, — deya Jon Jonsning so‘zlarini keltirdi "Sportskeeda" nashri.
Ma’lumot uchun, Oq Uydagi UFC turniri 2026 yil 14 iyun kuni bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
Fikrlar