Jon Jons: "Dana Uayt, men Oq Uydagi turnirda ishtirok etishni xohlayman"

  • 01.11.2025 10:13
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA

2025 yil oktyabr oyida AQSh prezidenti Donald Tramp ushbu turnir keyingi yilning 14 iyunida Oq uy hududida o‘tkazilishini e’lon qildi.

MMA afsonasi Jon Jons esa u erda jang qilish istagini yana bir bor tasdiqladi.

"Dana, birodar, iltimos. Men mashg‘ulotlardaman, o‘zimni juda yaxshi his qilyapman. Mamlakatimizning buyukligini namoyish etish uchun qo‘limdan kelgan ishni bajaraman. Bu men uchun katta sharaf bo‘lardi", - dedi amerikalik jurnalist Deyv Shmulenson bilan suhbatda.

Eslatib o‘tamiz, Jon Jons oxirgi bor 2024 yil 16 noyabr kuni "UFC 309" turnirida oktagonga ko‘tarilib, hamyurti Stipe Miochichni 3-raundda texnik nokautga uchratgan edi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!