Jon Jons: "Hamzat Chimaev istalgan vazn toifasida raqobat qila oladi"

  • 09.01.2026 16:33
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA

UFC sobiq chempioni Jon Jons o‘rta vazndagi kamar sohibi Hamzat Chimaev haqida gapirdi.

"Menimcha, Hamzat istalgan vazn toifasida raqobat qila oladi. U hozirgi paytda sayyoradagi eng kuchli jangchilardan biri. Chimaev og‘ir vazn jangchilari bilan bellashish uchun yetarlicha yirik. U o‘rta vaznda ajoyib jangchi, ammo men uni yarim og‘ir vaznda ko‘rishni istardim. Chechen Perreyra va Ankalaev kabi yigitlarga uchun ham jiddiy raqobat yaratadi", — dedi Jons "Red Corner MMA" nashriga bergan intervyusida.

Ma’lumot o‘rnida, Hamzat Chimaev titulini ilk bor Ramazon oyidan keyin himoya qilishni rejalashtirmoqda. Shu bilan birga, tarqalayotgan gap-so‘zlarga ko‘ra, agar Aleks Perreyra og‘ir vazn toifasida chempionlik jangini o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘lsa, liganing yarim og‘ir vazn divizionida yangi chempion paydo bo‘lishi ham mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!