Jo‘rabek Karimov: Rojer Federer o‘z uslubiga ega

Iqtidorli tennischimiz Jo‘rabek Karimov "Junior Tennis" tomonidan uyushtirilgan intervyuda past reytingli o‘yinchilarga moliyaviy yordam ko‘rsatish taklifiga nisbatan quyidagi fikrlarni aytib o‘tdi.

– Men bilan hali hech kim bu mavzuda gaplashmagan edi. Bundan tashqari, yangiliklarga qaraganda, bu ishlar hali rejalashtirilmoqda. Timning gaplariga men qanday fikr bildirdim? Albatta, hech qanday. Umuman olganda, menimcha u o‘ylamasdan bunday bayonot qilgan.

Bundan tashqari, tennischimiz Rojer Federerning erkaklar va ayollar o‘rtasidagi turnirlarni birlashtirish to‘g‘risidagi taklif haqida ham to‘xtalib o‘tdi.

– Bu masala bo‘yicha Dirkni to‘la qo‘llab-quvvatlayman. Shaxsan men uchun ayollar tennisi juda zerikarli tuyuladi. Rojer o‘z uslubiga ega: xayriya ishlarini amalga oshiradi, ijtimoiy muhim masalalarni ko‘tarib chiqadi. Federer sportdagi eng muvaffaqiyatli keyslardan biridir.

Menimcha, Rojer Federerga hamma masala bo‘yicha maslahat berishadi, unga yarashadigan soch turmagidan tortib, efirga chiqishiga qadar masalalarda. "Vogue" jurnalining bosh muharriri Anna Vintur unga o‘z stilini yaratishda katta yordam bergan. U doimo "US Open" da uning jamoasi lojasida bo‘lardi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!