
Jordi Alba Luis Enrikening qaroridan hayratda
"Barselona" klubi himoyachisi Jordi Alba nima sabab Ispaniya terma jamoasiga chaqirilmagani borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
“Men buni kutmagandim. Chunki, terma jamoada uzoq yillardan buyon to‘p surib kelaman. Men har doim terma jamoadan ketish niyatim yo‘qligi haqida aytib kelganman. Albatta, mening pozitsiyamda yaxshi o‘yinchilar ko‘p va shu bois bosh murabbiyning qarorini hurmat qilishimiz kerak. Luis Enrike nimalarni hayol qilayotgani menga qorong‘u. Lekin ich-ichimdan his qilyapmanki, men klubda hammasini to‘g‘ri qilyapman va yaxshi o‘ynayapman”, - deydi Alba.
Fikrlar