Joriy mavsum kimlarni «ezib» qo‘ydi?!

  • 6 aprel, 2021, 21:10
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

SPORTS.uz davom etayotgan mavsumdan ranjigan futbolchilar haqida fikr yuritadi.

Aleksandr Kokorinning Italiyaga ko‘chib o‘tishi, rus nashrlari tomonidan keng yoritilgani bor gap. «Fiorentina» a’zosiga aylangach, Aleksandr haqida iliq fikrlar bildirildi. Afsuski, amalda hech narsa o‘zgargani yo‘q. Ikki oy davomida rus hujumchisi atigi 77 daqiqa to‘p surdi xolos. «Binafshalar» Kokorinni yana avvalgi darajasiga chiqib olishidan umidvor. Xo‘sh, yana kimlar uchun joriy mavsum omadsiz keldi? Bugun ana shunday yigitlardan tashkil topgan ramziy jamoani e’tiboringizga havola etamiz.

Kepa Arrisabalaga («Chelsi»)

gerogkerokge

Bundan 3 yil avval, London klubiga futbol tarixidagi eng qimmat darvozabon maqomida tashrif buyurgan yigit haqida so‘z bormoqda. Qandaydir ikki yil ichida, Kepa o‘ziga bo‘lgan ishonch va sport formasini yo‘qotib qo‘ydi. Hozir u faqat kubok o‘yinlaridagina asosiy tarkibda ko‘rinish bermoqda. Qolgan barcha musobaqalarda kamtarin Eduar Mendi asosiy planda! Arrisabalaga o‘zi istasa ham Londonni tark eta olmaydi. Uning maoshi va transfer summasi sababli, «Chelsi»dan boshqa klubda faoliyatini davom ettira olmaydi.

Dani Karvaxal («Real»)

ltsaщlkuщlpluk

So‘nggi 6-7 yil ichida Dani dunyoning eng kuchli qanot himoyachisi sifatida ko‘z o‘ngimizda gavdalandi. Bu mavsumda esa, jarohatlar uni «o‘yindan tashqari holat»da qoldirdi. Tizza, son va to‘pig‘idagi muammolar Karvaxalni lazaretning asosiy mijoziga aylantirdi.

Virjil van Deyk («Liverpul»)

plщukщplukщlpu

Evropa Chempionlar Ligasining chorak finalida davrimizning eng kuchli ikki himoyachisi to‘qnashuvini ko‘rishimiz mumkin edi. Serxio Ramos va Virjil Van Deykning to‘qnashuvi ko‘pchilikda qiziqish uyg‘otishi aniq edi. Afsuski, ularning ikkisini ham maydonda ko‘rmaymiz. Gollandiyalik himoyachining yo‘qligi «Liverpul»ga bir necha o‘rinda pand berib qo‘ygani rost.

Eder Militao («Real»)

dpkuzpdzukdpuk

Markaziy himoyachida ham jarohat  bor. Boz ustiga, braziliyalik COVID-19 yuqtirib oldi. 50 million evroga sotib olingan futbolchi umuman o‘ziga bildirilgan ishonchni oqlay olgani yo‘q. Ramosning yo‘qligi Militao uchun qo‘shimcha imkoniyat taqdim etishi lozim, ammo u hatto Nacho Fernandes bilan ham raqobatlasha olgani yo‘q. Varan va Ramos haqidaku gapirmasa ham bo‘ladi.

Xuan Bernat (PSJ)

pduzkpzukdr

«Bavariya»ga qarshi finaldan bir oy o‘tib, Bernat jarohat oldi. EChLning hal qiluvchi o‘yinida 80 daqiqa to‘p surgan himoyachi uzoq muddatga safdan chiqdi. Shunga qaramay, u bilan klub o‘rtadagi shartnomani 2025 yilga qadar uzaytirdi. Xuanga Parijda ishonch bildirishmoqda.

Donni van De Bek («Manchester Yunayted»)

dpukdpzudkzdp

O‘tgan yili gollandiyalik futbolchi uchun «qizil iblislar» 40 million evro to‘lab berdi, ammo Sulsher yangi futbolchi uchun maydondan joy topa olgani yo‘q. Qahramonimiz «tumanli albionga» ko‘chib o‘tganidan beri, atigi 2 bor asosiy tarkibda maydonga tushdi xolos. Umumiy o‘yin o‘tkazgan vaqti 317 daqiqani tashkil etmoqda. Hozircha, «MYu» Donnidan voz kechgani yo‘q, ammo vaziyat xavotirli.

Dele Alli («Tottenxem»)

pdukzdpzukdr

Pochettino qo‘l ostida yulduzga aylangan Deleni Mourino sekin-astalik bilan chetga surib tashlamoqda. Qishda Alli ketishni istagan bo‘lsa-da, «shporlar» uni qo‘yib yuborgani yo‘q. Evropa ligasida ingliz yaxshi ishtirok etganiga qaramay, APL o‘yinlarida uni deyarli kuzatganimiz yo‘q. Atigi 233 daqiqa!

Kristian Eriksen ( «Inter»)

dpurulkщrlщkelrker

Pochettinoning yana birsobiq shogirdi. U ham Alli singari argentinalik mutaxassisning davrini qo‘msayotgani aniq. «Inter»ga o‘tgach, uni Konte o‘z uslubiga moslay olmadi. Oqibatda, futbolchi faqatgina transfer summasi tushib ketmasligi uchungina maydonda ko‘rinish berishni boshladi. A Seriyaning 16 o‘yinida ishtirok etganiga qaramay, daniyalik futbolchi birorta gol yoki assistni amalga oshirgani yo‘q. Ijodkor uchun bundan yomon ko‘rsatkich bo‘lmasa kerak.

Ansi Fati («Barselona»)

ukщpluщklpluk

«Barselona»ning «marvaridi» mavsumni ajoyib boshladi. Terma jamoa tarixida gol kiritgan eng yosh futbolchiga aylandi. Klubida Messining o‘rnini egallay olishini ko‘rsatdi, ammo jarohat pand berib qo‘ydi. Fati avvaliga 4 oy muddatga safdan chiqdi va mart oyida tarkibga qaytishi kerak edi. Afsuski, doktorlar tiklanishdan avval yana bir jarrohlik operatsiyasini o‘tkazish lozimligini ma’lum qildi.

Eden Azar («Real»)

pduщklpщulkp

Azarning jamoadoshlari uning iqtidoriga qoyil qoladi, ammo noprofessionallik bobida ham unga teng keladigani yo‘q ekanligini ta’kidlab o‘tishmoqda. Belgiyalik «Fast Food»ni sevadi. Mashg‘ulotlarda avvalgidek faol emas. Azar «Real» safida 2 yil ichida 11 marotaba safdan chiqdi. Ronalduning o‘rnini egallashi taxmin qilingan yigit klub tarixidagi eng omadsiz transferga aylandi.

Serxio Aguero («Manchester Siti»)

plkelrщkelr

Mavsumning katta qismini Aguero tizzasidan olgan jarohatga qarshi kurash bilan o‘tkazdi. Yanvarda virus yuqtirib olgani uchun yana bir oyga tarkibdan tushib qoldi. Usiz qolgan bo‘lsa-da, «shaharliklar» chempionlikni naqdlab qo‘ydi. Kun Aguero butun mavsum davomida APLda atigi bir bor gol urdi. U ham bo‘lsa penaltidan. U faoliyatini boshqa jamoada davom ettirmoqchi ekanligini ma’lum qildi. Umid qilamizki, Serxio kamida 2-3 mavsum yuqori darajada futbol namoyish eta oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!