Jorjino kecha ismi noto‘g‘ri yozilgan libosda o‘ynadi (FOTO)

  • 15.08.2019 10:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Xabaringiz bor kecha Istanbulda “Liverpul” hamda “Chelsi” klublari o‘rtasida UEFA Superkubogi uchun bahsi bo‘lib o‘tdi.

Qizig‘i, shu kuni “aristokratlar” futbolchisi Jorjino egnida ismi noto‘g‘ri yozilgan libosda maydonga tushdi. Aniqrog‘i, uning futbolkasiga Jorghino deb yozilgan. Aslida esa Jorginho deb yozilishi kerak.

jor

Eslatib o‘tamiz, kechagi o‘yinda mersisaydliklar penaltilar seriyasida g‘alabani ilib ketishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!