Jorjinoning "Arsenal"dagi taqdiri nima bo‘ladi?

  • 30 aprel, 2024, 19:50
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Arsenal" yarim himoyachisi Jorjino klub bilan shartnomasini uzaytirishi mumkin. 

Manba bergan xabarga ko‘ra, londonliklar futbolchiga yangi shartnoma taklif qilgan va tomonlar kelishuvga erishishi kutilmoqda. Shartnomasi 2025 yilda tugaydigan Tomas Partining kelajagi esa noma’lumligicha qolmoqda. 

Qayd etish lozim, Jorjino "to‘pchilar" safida doimiy asosiy tarkib futbolchisi bo‘lmasa ham Partiga nisbatan ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega. 

London grandi uni o‘tgan mavsum "Chelsi"dan 35 million evro evaziga sotib olgandi. 

 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!