"Joshua – Dyubua" jangida kim g‘alaba qozonadi? Chjan Chjiley javob berdi

  • 4 sentabr, 2024, 16:25
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Super og‘ir vazn toifasidagi xitoylik Chjan Chjiley 21 sentyabr kuni Londonda bo‘lib o‘tadigan britaniyaliklar Entoni Joshua(28-3, 25 KO) va Daniel Dyubua(21-2, 20 KO) o‘rtasidagi bo‘lajak chempionlik jangi haqida gapirdi.

 “Men Dyubuaga ustunlik beraman, u o‘sishda davom etmoqda. Yigit yosh va ichida katta olovi bor. Shuningdek, Daniel Filip Xrgovich ustidan chiroyli g‘alaba qozongan.  Shu bois, u bu safar ham dunyoni larzaga keltirishiga ishonaman”, –  dedi Jiley BoxNation You Tube kanaliga bergan intervyusida.

Ma’lumot uchun, Daniel Dyubua 26 yoshda. Britaniyalik profestsional debyutini 2017 yilda o‘tkazgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!