Jovani Lo Chelso – “Tottenxem” Eriksenni sog‘inmasligining asosiy sababi

  • 8 fevral, 2020, 20:00
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO


“Tottenxem” “Sautgempton”ga qarshi maydonga tushgan vaqtda Eriksen Milanda edi. Ha, u ketyapti. Lekin bu qo‘rqinchli emas, uning o‘rnini Djovani Lo Chelso egalladi. Argentinalik futbolchi Kristianni o‘rnini bildirgani yo‘q.

Lo Chelso
Hattoki, fevralning boshida ham ko‘pchilik Lo Chelso “Tottenxem” uchun qanchalik kerakli ekanligini tushunishmagan edi. Lo Chelso Eriksen bilan pozitsiyadosh bo‘lgani bilan, o‘yin uslubi unikidan tubdan farq qiladi. “Shporlar” muxlislari Lo Chelso uslubidagi futbolchilarni 1981 yilda Angliya Kubogi finalida gol urgan Riki Vilya davridan buyon yaxshi ko‘rishadi.

Djovani to‘pni olishi bilan yaqinidagi raqibi oldida “raqs tushayotgandek” taassurot uyg‘otadi. “Betis”da uni “dribling qiroli” deb atashardi. Chunki u o‘z texnikasidan joziba uchun foydalanadi. Bu tribunadagilar uni yaxshi ko‘rishlari uchun sabab.

Lo Chelso uchun hammasi “Rosario Sentral” akademiyasidan boshlangan edi. 18 yoshidayoq asosiy jamoada debyutini o‘tkazadi. Uning xizmatlari Frantsiyaning PSJ jamoasi qiziqa boshlaydi. Frantsuzlar futbolchini sotib oladi va Lo Chelso 2017-18 yilgi mavsumda parijliklar uchun 47 o‘yinda maydonga tushadi. U erda Frantsiya chempionligi va Frantsiya Kubogi sohibiga aylanadi. Chempionlar ligasi shohsupasiga chiqish esa nasib etmaydi. “Real” PSJga ortga qaytishni “maslahat berdi”.

Emeri ketgach, murabbiylik postini egallagan Tomas Tuxel Djovaniga ishonch bildirmayotganini aytdi. Futbolchi ilojsiz “Betis”ga o‘tishga majbur bo‘ldi. Ispaniyada ham o‘zining yorqin o‘yinlarni namoyish etdi va 16 ta gol urdi. “Tottenxem” uni ijaraga olish taklifi bilan chiqdi.

Djovanining asosiy yutuqlaridan biri – aniq uzatma amalga oshira oladi. Aynan “shporlar” safida bu xususiyati qo‘l kelishi mumkin. “Betis” to‘p nazoratiga ko‘p e’tibor qaratmagani bois, Lo Chelso u erda aniq uzatmalarni kam amalga oshirardi. Joze Mourino jamoasida esa bu muhim hisoblanadi.
Djovaniga nihoyat o‘zini ko‘rsatishga imkon berilyapti. Eriksen “Inter”ga o‘tdi. U endi maydonda ko‘proq ko‘rina boshlaydi. Yaqinda futbolchi klub bilan 2025 yilgacha mo‘ljallangan shartnomaga imzo chekdi. Portugaliyalik mutaxassis ham uning o‘yiniga yuqori baho beryapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!