Joze Mourinyo "Real"ga APLdan yarim himoyachi olib kelmoqchi

  • 18.05.2026 12:21
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Vulverxempton" yarim himoyachisi Joao Gomes faoliyatini boshqa klubda davom ettirishi mumkin.

"Globo" ma'lumotiga ko‘ra, braziliyalik futbolchiga Joze Mourinyo qiziqish bildirmoqda. Portugaliyalik mutaxassis “Real”ga qaytishga yaqin turibdi va jamoani aynan Gomes bilan kuchaytirishni istamoqda.

Avvalroq matbuotda Joao Gomesni Madriddning yana bir klubi — “Atletiko” ham kuzatayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

25 yoshli yarim himoyachining “bõrilar” bilan shartnomasi 2030 yil iyun oyi oxirigacha amal qiladi. Transfermarkt uning bozor qiymatini 35 million yevro deb baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!