Joze Mourino taqvimdan norozi bo‘lmoqda

  • 25 yanvar, 2020, 13:35
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Tottenxem" bosh murabbiyi Joze Mourino jamoaning fevraldagi taqvimi bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

"Shporlar" 2-fevral kuni "Manchester Siti" bilan bahs olib boradi, shundan so‘ng 16-fevralgacha dam olib, yakshanba kuni "Aston Villa"ga qarshi to‘p suradi. Ikki kun o‘tib esa Chempionlar ligasi 1/8 final doirasida "RB Leyptsig" bilan maydonga tushadi.

"Men noroziman, chunki tanaffus Chempionlar ligasigacha bo‘lishi kerak. Ular noqulay vaqtda bizga dam berishmoqda, shu sabab dam olish imkoniyati berildimi, yo‘qmi bizga endi bu qiziqmas.

Yakshanba kuni "Villa" bilan o‘yin, ikki kundan so‘ng esa "Leyptsig" bilan bahs kutib turibdi. Shunday ekan, biz uchun tanaffus befoyda", - deydi murabbiy.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!