Joze Mourinyo "Real" kutayotgan mundial qahramoniga qiziqish bilmadi
Kelasi mavsumda «Real Madrid» jamoasiga yana Joze Mourin'yo boshchilik qiladi. Portugaliyalik mutaxassis klubga qaytib, uch yillik shartnoma imzoladi.
Hozirda «Qirollik klubi» yozgi transfer bozorida tarkibni kuchaytirish ustida faol ish olib bormoqda.
Ommaviy axborot vositalari xabarlariga ko‘ra, madridliklar «Lill» klubida to‘p surayotgan 18 yoshli marokashlik yarim himoyachi Ayub Buaddin'g o‘yinlarini diqqat bilan kuzatmoqda. Bu futbolchi milliy terma jamoa safida jahon chempionatida qatnashyapti.
Biroq boshqa manbalarning ta'kidlashicha, Joze Mourin'yo yosh futbolchini jamoaga olib kelish g‘oyasiga hozircha qiziqish bildirmayotgani aytilmoqda.
O‘tgan mavsumda Ayub Buaddi «Lill» safida 42 uchrashuvda maydonga tushdi. U shu vaqt mobaynida bir golli pas muallifiga aylandi. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 50 million yevro atrofida baholamoqda.

Fikrlar