Joze Mourinyuning "Real"dagi ilk transfer maqsadi ma'lum

  • 19.05.2026 12:05
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Real"ning bo‘lajak bosh murabbiyi Joze Mourin'yu allaqachon tarkibni mustahkamlash masalasini faol muhokama qilmoqda. Portugaliyalik mutaxassis "qaymoqlilar" uchun birinchi transferini tanladi. Bu haqida "AS" nashri ma'lum qildi. 

Manbada berilgan ma'lumotga ko‘ra, Mourin'yu Madridga kelgach, himoyani mustahkamlashga e'tibor qaratmoqchi. Joze o‘z safiga qo‘shib olmoqchi bo‘lgan birinchi yangi futbolchi "Manchester Siti" himoyachisi Yoshko Gvardioldir. 

Himoyachining hozirda "transfermarkt" portalidagi narxi 70 million evroni tashkil etadi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yozigacha mo‘ljallangan. 

Eslatib  o‘tamiz, 24 yoshli futbolchi joriy mavsum "shaharliklar" safida 24 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol va 5 ta golli uzatma amalga oshirdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!