Jurnalist stadionda vafot etdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Interpress" fotoaxborot agentligi bosh muharriri Aleksandr Nikolaev yurak huruji oqibatida 65 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Nikolaev 1997 yilda yuqorida nomi tilga olingan agentlikka asos solgan va uning rahbari edi. Unga qadar esa "Boltiq dengizchisi", "Cmena" va "Tig‘iz vaqt" nashrlarida faoliyat olib borgan.

Ma’lumot uchun, Nikolaev "Yilning eng yaxshi surati" nominatsiyasida "Oltin qalam" jurnalistik ko‘nikmalari tanlovi laureati bo‘lgan edi.

"Zenit" futbol klubi esa marhum jurnalistning yaqinlariga hamdardlik izhor etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!