Kafu: “Anchelotti Braziliya futbolini chuqur tushunadi, deb o‘ylamayman”

  • 5 may, 16:23
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Braziliya terma jamoasi afsonasi Kafu “Real Madrid” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelottining milliy jamoa boshqaruviga kelishi borasida shubhalarini bildirdi. Uning fikricha, italiyalik mutaxassis terma jamoa uchun to‘g‘ri tanlov bo‘lmasligi mumkin.

Tecno

“Hozirgi holatimiz shundayki, terma jamoamizda murabbiy yo‘q va bizga murabbiy kerak. Anchelotti shunday murabbiy bo‘lish imkoniyatiga ega – bu haqiqat. U kelib, jamoadagi hamma narsani o‘z joyiga qo‘ya oladi. Lekin u o‘z tanish futbolchilarini to‘g‘ri vaqtda va to‘g‘ri joyda qo‘llaydi. Bu o‘yinchilar esa Evropa jamoalarida o‘ynayotganlar.

Agar u Braziliya termasini qabul qilsa va unga Kafu kerak bo‘lsa, men har doim tayyorman, shubhasiz. Lekin... men aniq bilmayman: Anchelotti Braziliya chempionati o‘yinlarini tomosha qiladimi? Masalan, u “Flamengo” – “Korintians” yoki “San-Paulu” – “Palmeyras” uchrashuvlarini ko‘rish uchun tongda turishga tayyormi? U haqiqatan ham Braziliya futbolida nimalar bo‘layotganini tushuna oladimi?

Ko‘pchilik: “Anchelotti yaxshi tanlov, chunki u Evropadagi yigitlarni yaxshi biladi”, deyishadi. Lekin Braziliyada o‘ynayotgan bolalarchi? Bu erda porlayotgan, mahalliy chempionatda ajralib turgan futbolchilarchi?” – dedi Kafu ESPN telekanaliga bergan intervyusida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!