"Kalyari" - "Sassuolo": Futbolchilarga qo‘yilgan ballar bilan tanishing!

  • 12.12.2023 03:07
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol

A Seriyaning 15-turida "Kalyari" o‘z maydonida "Sassuolo"ni qabul qilib, 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Sardinyaliklar kambek qilgan bahsda Shomurodov zaxiradan maydonga tushib, g‘alaba goliga assistentlik qildi.

"Sofa Score" portali futbolchilarga qo‘yilgan ballarni e’lon qildi. Unga ko‘ra, Shomurodov 6,9 ochko to‘plagani ma’lum bo‘ldi. Hujumchi 6 marta sheriklariga pas berdi, shulardan 5 tasi aniq etib bordi. Shuningdek, 11 marta to‘pga tegingan.

Quyida barcha futbolchilarga qo‘yilgan ballar bilan tanishing. 

photo_2023-12-12_03-02-15photo_2023-12-12_03-02-21photo_2023-12-12_03-02-27

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!