"Kalyari" 36 yoshli Srna bilan shartnomani uzaytirmoqchi

  • 24.03.2019 15:46
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Italiyaning "Kalyari" klubi rahbariyati jamoaning xorvatiyalik himoyachisi Dario Srnaga yangi shartnoma taklif qilmoqchi.

Tuttomercatoweb nashri tarqatgan xabarga ko‘ra A Seriya klubi 36 yoshli futbolchining ko‘rsatayotgan o‘yinlaridan to‘liq qoniqish xosil qilmoqda va shu bois u bilan amaldagi shartnomani yana bir mavsumga uzaytirmoqchi.

Ma’lumot uchun, Srna joriy mavsum “Kalyari” safida jami 23ta o‘yinda maydonga tushdi va jamoasining 3ta goliga assistentlik qilishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!