Asosiy mazmunga oʻtish
"Kalyari" yirik hisobda yutqazgan bahsda Shomurodovning o‘yini qanday baholandi?

"Kalyari" yirik hisobda yutqazgan bahsda Shomurodovning o‘yini qanday baholandi?

A Seriyaning 36-turida "Kalyari" "Milan" mehmoni bo‘lib, 5:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi. 

Pulishich dubl qilgan bo‘lsa, Bennaser, Reynders va Leaular bittadan gol urishdi. Nandes esa javob qaytardi. Shomurdov asosiy tarkibda maydonga tushib, 82-daqiqada almashtirildi. U sheriklariga 16 ta aniq pas berib, darvozaga bitta zarba yo‘lladi.

Shu tariqa, "Milan" ikkinchi o‘ringa mustahkam o‘rnashib oldi. "Kalyari" 15-pog‘onada bormoqda. 

Uning o‘yini "WhoScorred" tomonidan 6 ballga baholandi.

 Hujumchiga "Sofa Score" tomonidan 6,2 ball berildi. 

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q