Kamavinganing jarohati jiddiy bo‘lib chiqdi. U qachon safga qaytadi?

  • 16 noyabr, 2023, 17:22
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiya terma jamoasi "Evro-2024" saralashidan o‘rin olgan uchrashuvlar oldidan mashg‘ulotlarga kirishdi. Ushbu yig‘inga "Real" a’zosi Eduard Kamavinga ham chaqirilgan. 

Yarim himoyachi mashg‘ulotda Usmon Dembele bilan to‘qnashgan va tizzasidan jarohat olgan. U 2024 yilda boshqa maydonga tusha olmaydi, deya xabar bermoqda "Releveo" nashri. Kamavinga yanvarda safga qaytishi kutilmoqda. 

Image

Eslatib o‘tamiz, Kamavinga ushbu mavsum "qaymoqranglilar" safida 17 ta o‘yinda maydonga tushdi. U "Napoli", "Union Berlin", "Vilyarreal" kabi jamoalarga qarshi o‘yinlarni o‘tkazib yuboradi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!