Kamoliddin Tojiev: "Ikkinchi bo‘limda almashtirishlar orqali vaziyatni o‘zgartirdik"

  • 15 avgust, 22:07
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliganing 19-turini boshlab bergan "Paxtakor" - "So‘g‘diyona" (2:0) uchrashuvidan keyin mezbonlar ustozi Kamoliddin Tojiev matbuot anjumanida qatnashdi. 

Tecno

"O‘yinni hujumkor boshladik va tez gol bilan oldinga chiqdik. Shunday so‘ng birinchi bo‘limning qolgan yarmida mehmonlar hujumga o‘tishga intilishdi. Ikkinchi bo‘limda almashtirishlar orqali vaziyatni o‘zgartirdik.

Bugun g‘alabaga erishish juda muhim edi. Avvalgi ikki o‘yindagi omadsizlik sababli bellashuv ahamiyati ortib ketdi. Ikkinchi bo‘limda ba’zan himoyalanishimizga to‘g‘ri keldi. Futbolchilar harakatidan to‘liq qoniqdim. Yangilar ham jamoaga kirishib borishmoqda", - deya Tojievning so‘zlaridan iqtibos keltirdi, klub matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!