Kamoliddin Tojiev: "Jamoaviy juda yaxshi futbol namoyish qildik"

  • 09.04.2026 23:00
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

Superliganing ushbu turida Farg'onadagi "Istiqlol" stadionida markaziy o'yin bo'lib o'tdi. Unda "Neftchi" va "Paxtakor" bellashdi va mehmonlar 0:1 hisobida g'alaba qo'zondi.

Uchrashuvdan keyin "Paxtakor" ustozi matbuot anjumanida fikrlarini aytib o'tdi.

"O'yinni yaxshi boshladik. Raqibimiz kuchli jamoa va bunday o'yinlarda birinchi gol juda muhim. Ikkinchi bo'limda g'alabani saqlash uchun ehtiyotkor harakat qildik. Bugun jamoaviy juda yaxshi futbol namoyish qildik. Butun jamoa birdam holda o'ynadi.

Bahsni faolroq boshlab, birinchi gol urishga e'tibor qaratdik. Bu samara berdi. Shundan keyin himoyada hushyor o'ynadik".

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!