Kamonchilarimiz Jahon kubogida ishtirok etadi
9-14 iyun kunlari Turkiyaning Antalya shahrida kamondan otish bo‘yicha Jahon kubogining navbatdagi bosqichi bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham ishtirok etishadi. Mamlakat kamondan otish federatsiyasining ma’lum qilishicha, mazkur musobaqada quyidagi sportchilarimiz yurtimiz sharafini himoya qilishadi:
Erkaklar: Amirxon Sodiqov, Bekzod Boborajabov, Muhammadqodir Ergashev, O‘tkirjon Hoshimov.
Ayollar: Ziyodaxon Abdusattorova, Nilufar Hamroeva, Malika Anvarjonova, Sabina Jo‘raqulova.
Bu haqida MOQ xabar bermoqda.

Fikrlar