
"Kanelo" bu yil jang o‘tkazmasligi mumkin yoxud unga qancha miqdorda gonorar taklif qilinmoqda?
To‘rt vaznda jahon chempioni meksikalik Saul "Kanelo" Alvares 2020 yilda jang o‘tkazmasligi mumkin. Saul DAZN platformasida har bir jangi uchun 35 million dollar gonorar uchun 11 jangga shartnoma imzolagan edi. Biroq, DAZN qarorini o‘zgartirib, ushbu mablag‘ning yarmini taklif qilmoqda. Bunga sabab sifatida Saul va uning promouterlik kompaniyasi “Golden Boy” yiliga kamida bir marta top darajali bokschi bilan jang qilish bo‘yicha shartnomaga amal qilmayotgani va kuchsiz raqiblar taklif qilayotganini bildirgan.
“Golden Boy” kompaniyasi esa, bundan norozi bo‘lmoqda. O‘rta vazndagi vakant bo‘lib turgan, WBC Super kamari uchun “Kanelo”ga Avni Yildirim taklif qilingan, ammo DAZN ushbu jangni tasdiqlamasligi aytib o‘tilgan edi. Hozirda, meksikalik bokschiga raqib sifatida super o‘rta vaznda WBA chempioni Kallum Smit va ushbu vaznda WBO chempioni Billi Jo Sonders varianti ilgari surilmoqda va bu borada muzokaralarga ham kirishilgan.
Fikrlar