
"Kanelo"ning Billi Jo Sondersga qarshi jang sanasi yana bir bora tasdiqlandi
Supero‘rta vazn toifasida WBC va WBA yo‘nalishlari chempioni Saul Alvares 8 may kuni mazkur vazn toifasida WBO chempioni Billi Jo Sondersga qarshi bahs olib boradi.
Bu haqda promouter Bob Arum ma’lum qildi.
“Eddi Xirn va DAZN bizga “Kanelo”ning 8 may kuni Billi Jo Sondersga qarshi jang qilishi haqida xabar berishdi. Shuning uchun biz Ramires-Teylor jangini 15 yoki 22 mayga qoldiramiz”, - dedi Arum.
Eslatib o‘tamiz, 27 fevral kuni Mayamida "Kanelo" Avni Yildirimga qarshi ringga ko‘tariladi.
Fikrlar