Kannavaro: "Biz FIFA reytingida o‘zimizdan yuqorida turuvchi Misr va Eronni mag‘lub etdik"

  • 19 noyabr, 17:37
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro Eronga qarshi o‘yindagi g‘alabadan so‘ng Instagram’dagi shaxsiy sahifasiga post joylab, quyidagi fikrlarni bildirdi:

Tecno

“Bizning aniq maqsadimiz bor: 2026 yilgi Jahon chempionatiga puxta tayyorgarlik ko‘rgan, raqobatbardosh va eng muhimi — o‘ziga ishongan jamoa sifatida etib borish. Shu sababli BAAda bo‘lib o‘tgan ‘Al-Ayn’ xalqaro kubogida g‘alaba qozongan futbolchilarim bilan faxrlanaman.

Biz FIFA reytingida bizdan yuqoriroq o‘rinda turgan Misr va Eron terma jamoalarini mag‘lub etdik. Bu — to‘g‘ri yo‘lda ekanligimizning yorqin isboti. Safar endigina boshlandi. Har kuni fidoyilik bilan ishlashni davom ettirishimiz kerak. Faqat shunda yorqin kelajakni barpo eta olamiz.

Biz — jamoamiz. O‘zbekiston xalqi — keling, birga orzu qilaylik”, — deb yozdi Kannavaro.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!