Fabio Kannavaro: "Faqat bitta afsusim bor — barchaga yetarlicha o‘yin amaliyoti bera olmadi"
O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro Jahon chempionati biz uchun yakunlangandan so‘ng o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali futbolchilariga minnatdorchilik bildirdi.
"Biz uchun ilk Jahon chempionati o‘z nihoyasiga yetdi.
Men futbolchilarim bilan faxrlanaman. Eng qiyin pallalarda ham ular maydonga har safar chiqqanlarida bor kuchlarini berishdi va hech qachon o‘zlarini ayashmadi.
Bosim ham, katta kutilmalar ham bor edi. Ammo natijalardan qat’iy nazar, ular umrboq yodda qoladigan tajriba orttirdishdi. Bu ularning ham futbolchi, ham inson sifatida o‘sishiga yordam beradi.
Ularni “mening futbolchilarim” deb atashdan ortiq faxrlantiradigan narsa yo‘q.
Faqat bitta afsusim bor — barchaga yetarlicha o‘yin vaqti bera olmadi. Chunki ularning har biri Jahon chempionati orzusini maydonda yashashga munosib edi.
Rahmat, yigitlar! Bu hikoya hali tugamadi", — deb yozdi Kannavaro.

Fikrlar