Kannavaro Kongo bilan oʻyin oldidan: "Ertaga boshqacha bahs boʻladi"
O‘zbekiston terma jamoasi ustozi Fabio Kannavaro Kongoga qarshi bellashuvdan avval tashkil etilgan matbuot anjumanida ishtirok etib, o‘yin haqida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Kongo ham juda ajoyib jamoa, tajribaga ega, jismoniy yaxshi shakllangan jamoa. Biroq biz ularni yutish uchun harakat qilamiz. Ertaga o‘yin boshqacha bo‘ladi, chunki biz ikkita eng yuqori darajadagi raqiblar bilan o‘ynab bo‘ldik. Oxirgi o‘yin ham oson kechmadi, uni tahlil qildik.
Birinchi bahsda Yusupov yaxshi o‘yin ko‘rsatdi. Biz shunchaki boshqa darvozabonimizga ham imkoniyat berishni xohladik. Bizda yuqori darajadagi 3 ta darvozabonimiz bor.
Men barchaga imkoniyat berishga harakat qilyapman, chunki bu juda ham muhim tajriba hisoblanadi.".

Fikrlar