Kannavaro Oʻzbekistonni Jahon chempionatiga tayyorligi haqida maʼlum qildi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro Jahon chempionatiga tayyorgarlik doirasida Kanada va Niderlandiyaga qarshi o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvlariga baho berdi.
Italiyalik mutaxassisning ta’kidlashicha, Niderlandiyaga qarshi bahslar jamoa uchun muhim tajriba vazifasini o‘tgan.
"Kolumbiyaga qarshi Jahon chempionatidagi debut uchrashuvimizni kutayotgan bir paytda, biz Niderlandiyaga qarshi ikkita o‘rtoqlik bahsi o‘tkazdik. Bu kuchli raqibga qarshi qiziqarli o‘yinlar bo‘ldi. Mazkur bahslar bizga xalqaro tajriba to‘plashda katta yordam berdi", — dedi Kannavaro.
Shuningdek, murabbiy jamoa bugun Nyu-Yorkdan Atlanta shahriga yo‘l olganini ma’lum qildi.
"Bugun biz Jahon chempionati davomidagi qarorgohimiz bo‘ladigan Atlanta shahriga jo‘nab ketdik. Men bilaman — biz tayyormiz. Faqat oldinga qarab harakat harakat qilmoqdamiz", — deb yozdi Kannavaro o‘zining Instagram sahifasida.
Ma’lumot uchun, "oq bo‘rilar" Jahon chempionatini Kolumbiyaga qarshi uchrashuv bilan boshlaydi.

Fikrlar