Kannavaro O'zbekistonning Argentina bilan o'yini bekor bo'lishi sababini ochiqlandi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro sentabr-oktyabr oylaridagi FIFA kunlari doirasida o‘tkazilishi kerak bo‘lgan Argentina — O‘zbekiston uchrashuvi nega bekor qilinganini ma’lum qildi.
"Argentina bilan o‘ynash uchun harakat qilgan edik. Biroq so‘nggi haftalarda Argentina futbol federatsiyasi Lionel Messining xayrlashuv uchrashuvini tashkil etish bo‘yicha qaror qabul qildi. Shu sababli boshqa raqib izlashimizga to‘g‘ri keldi va Suriya bilan kelishuvga erishildi. Suriya yaxshi jamoa, unga qarshi o‘yinlar doimo qiyin kechadi. Albatta, bu Argentina emas, ammo raqibga hurmat bilan qaraymiz va yaxshi futbol namoyish etishga intilamiz", — dedi mutaxassis.
Ma’lumot uchun, "oq bo‘rilar" ertaga Eron bilan bahs olib boradi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da start oladi.

Fikrlar