Kannavaro Portugaliyadan ochko tortib olishning yagona yo‘lini aytdi

  • 23.06.2026 06:08
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabaringiz bor, Fabio Kannavaro boshqaruvidagi O‘zbekiston terma jamoamiz Jahon chempionatining 2-turida Portugaliyaga qarshi maydonga tushadi. Ushbu bellashuvdan avval tashkil etilgan matbuot anjumanida jamoamiz murabbiyi ishtirok etib, ertangi o‘yin haqida fikr bildirdi.

— Raqibimiz Jahon chempionatidagi eng kuchli jamoalardan biri hisoblanadi. Agar Portugaliya jamoasini tahlil qilib ko‘rsangiz, ularning qanotlarda juda kuchli futbolchilari bor, dunyoning eng yaxshi yarim himoya chiziqlaridan biriga ega, shuningdek futbol tarixidagi eng yaxshi futbolchilaridan biri ham shu jamoada o‘ynaydi.

Shunday ekan, bu oson o‘yin bo‘lmaydi. Lekin biz Jahon chempionatidamiz, jamoa sifatida harakat va mehnat qilishimiz zarur. Chunki ijobiy natija bilan maydonni tark etishning yagona yo‘li shu.

Ma’lumot o‘rnida, bugungi bellashuv Toshkent vaqti bilan 22:00’da start oladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!