Kannavaro Portugaliyadan uchralgan mag‘lubiyatga izoh berdi

  • 24.06.2026 02:00
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionatining 2-turi doirasida Portugaliyaga qarshi maydonga tushdi. Mazkur bellashuvda vakillarimiz 5:0 hisobidagi yirik mag‘lubiyatni qabul qilib oldi.

Uchrashuvdan so‘ng terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro natija yuzasidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Albatta, Jahon chempionatidagi ilk ishtirok oson bo‘lmasligi tabiiy. Qur’a natijalari chiqqanidan so‘ng Kolumbiya va Portugaliyani ko‘rib, bizni juda qiyin guruh kutayotganini bilgandik.

Kolumbiyaga qarshi o‘yindan keyin ham jamoamdan faxrlanishimni aytgandim, bugun ham shunday fikrdaman. Chunki futbolchilarimni ko‘rdim. Ha, ular qiyinchiliklarga duch kelishdi, ammo bir soniya ham taslim bo‘lishmadi.

Albatta, barcha chiziqlarda yuqori saviyadagi futbolchilarga ega jamoaga qarshi o‘ynash doim qiyin. Shubhasiz, ular maydonga katta motivatsiya bilan tushishdi.

Biroq aytganimdek, bu Jahon chempionati biz uchun katta tajriba bo‘lmoqda",
— dedi Kannavaro.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston guruh bosqichining so‘nggi turida Kongo DR terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!