Kannavaro terma jamoalarda eng ko‘p maosh oluvchi murabbiylardan biri bo‘ladimi?
Italiyalik mutaxassis Fabio Kannavaro O‘zbekiston milliy terma jamoasining bosh murabbiyi bo‘lishi mumkin. Ayni paytda tomonlar o‘rtasida rasmiy muzokaralar davom etmoqda. Bu haqda O‘FA ham rasmiy tarzda ma’lum qildi.
"Sport-Ekspress" nashrining xabar berishicha, agar Kannavaro O‘zbekiston bilan shartnoma imzolasa, yiliga taxminan 4 million evro maosh oladi. Shu tariqa Fabio terma jamoalar murabbiylari orasida eng ko‘p maosh oluvchi to‘rtinchi murabbiyga aylanadi.
Quyida eng yuqori maosh oluvchi terma jamoa murabbiylari ro‘yxati bilan tanishing:
1. Karlo Anchelotti — €9.5 mln
2.Tomas Tuxel — €5.9 mln
3.Yulian Nagelsmann — €4.9 mln
4.Fabio Kannavaro va Roberto Martines — €4 mln
5.Dide Desham — €3.8 mln
Ma’lumot uchun, “oq bo‘rilar” oktyabr oyida Quvayt va Urugvay terma jamoalariga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlarini o‘tkazadi.

Fikrlar