Kannavaro yirik mag‘lubiyatning asl sababini aytdi

  • 24.06.2026 08:34
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro jahon chempionati guruh bosqichi ikkinchi turida Portugaliyaga qarshi kechgan va mag‘lubiyat bilan yakunlangan o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.

- Qisqa vaqt ichida bir necha gol o‘tkazib yuborsangiz, o‘yinni o‘nglash juda qiyinlashadi. Biz so‘nggi paytlarda olg‘a siljayapmiz, lekin bugun beshta gol o‘tkazib yuborish – haddan tashqari ko‘p. Endi barcha e’tiborni navbatdagi o‘yinga qaratish kerak.

O‘yin boshida yigitlar qanday hayajonga tushishini oldindan bilardim. Ularga yaxshi start olish qay darajada muhimligini tushuntirishga urindim, ammo Portugaliyaga qarshi bunday qilish oson emas. Biz urgan gol bekor qilingani juda achinarli, u bizga qo‘shimcha ruhiy kuch berishi mumkin edi.

Daraja borasida farq juda katta, ustiga-ustak, biz ham yana bir necha oddiy xatolarga yo‘l qo‘ydik. Albatta, afsuslanadigan joyi bor, lekin shu bilan birga jahon chempionatidagi dastlabki ikki o‘yinni Kolumbiya va Portugaliyaga qarshi o‘tkazdik – bu jamoalar dunyodagi eng kuchli yigirma terma jamoa qatoriga kiradi. Bu men uchun ham, yigitlar uchun ham fantastik tajriba bo‘ldi.

Dekabr oyida Osiyo kubogi bo‘lib o‘tadi. U yerda yangi narsalarni namoyish etishga harakat qilamiz – jahon chempionatida ishtirok etish orqali qo‘lga kiritgan qadriyat va tajriba vaziyatni tubdan o‘zgartirishi mumkin, – deya ta’kidladi Fabio Kannavaro.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!