Kanoechilarimiz Jahon kubogida shohsupaga ko‘tarilishdi

CHERY AUTO

Ayni kunlarda Germaniyaning Duysburg shahrida baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha Jahon kubogining ikkinchi bosqich bellashuvlari bo‘lib o‘tmoqda. Quvonarlisi, bugun startga chiqqan vakillarimizdan Dilnoza Rahmatova hamda Nilufar Zokirova juftligi kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Tecno

Kanoechilarimiz 200 metr masofaga kechgan bellashuvda saralash va yarim final bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tib, finalda ikkinchi bo‘lib marra chizig‘ini kesib o‘tishdi. Hamyurtlarimizning qayd etgan natijasi 42.137 soniyaga teng. Oltin medallar xitoylik juftlikga nasib etgan bo‘lsa, vengriyaliklar kuchli uchlikni yakunlab berishdi.

Kanoeda eshkak eshish bo‘yicha Jahon kubogi. Germaniya, Duysburg.
Ayollar, kanoe. 200 metr, juftlik.
1. Venjun Lin va Litsi Chjan (Xitoy) – 42.014
2. Dilnoza Rahmatova va Nilufar Zokirova – 42.137
3. Virag Balla va Kinsko Takash (Vengriya) – 42335

Manba: MOQ

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!