Kante Evropaga qaytishi mumkin

  • 30.01.2026 15:10
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol

"Al-Ittihod" safida harakat qilib kelayotgan yarim himoyachi N'Golo Kante Evropaga qaytishi mumkin. Bu haqida "Sports Digitale" nashri xabar bermoqda.

Manba ma'lumotiga ko‘ra, fransiyalik xavbekning xizmatlariga hozirda Istanbulning "Fenerbahche" jamoasi qiziqish bildirmoqda. Turkiya grandi Kanteni sotib olish uchun Saudiya klubiga 4 million yevro berishga tayyorligini ma'lum qilgan. 34 yoshli futbolchining "Al-Ittihod" klubi bilan amaldagi shartnomasi joriy yilning yozida yakuniga yetadi.

Eslatib o‘tamiz, N'Golo 2023 yildan beri Saudiya klubi safida harakat qilib kelmoqda. Shu davr mobaynida futbolchi 105 ta uchrashuvda maydonga tushib, 10 ta gol va 11 ta golli uzatmani o‘z nomiga yozdirib qo‘ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!