Kante mashg‘ulotlarga kelishdan bosh tortmoqda. Sabab nima?

  • 21.05.2020 08:19
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Chelsi" klubi xavbeki Ngolo Kante jamoa mashg‘ulotlarida ishtirok etishdan bosh tortmoqda.

The Telegraph nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 29 yoshli frantsiyalik futbolchi koronavirus yuqtirib olishdan qo‘rqmoqda va shu bois uni mashg‘ulotlarga jalb etmaslikni so‘ragan. Klub rahbariyati esa uning bu iltimosini ko‘rib chiqdi va mashg‘ulotlarga kelmaslikka ruxsat berdi.

Eslatib o‘tamiz, “Chelsi” 19 maydan ijtimoiy masofani saqlagan holda mashg‘ulotlarga kirishgan edi. Kante joriy mavsum 22 ta o‘yinda maydonga tushdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!