Kante "Parij"ga o'tishi mumkin edi
"Fenerbaxche" yarim himoyachisi N'golo Kante o'tgan yozda Fransiyaning "Parij" klubiga o'tishi mumkin bo'lganini ma'lum qildi. Uning so'zlariga ko'ra, boshqa klublar bilan ham muzokaralar olib borilgan.
"O'tgan yozda "Parij"ga o'tish masalasi muhokama qilingan, shuningdek, boshqa klublar bilan ham muzokaralar bo'lgan. Oxir-oqibat bu amalga oshmadi. Biz bu qiziqishni hurmat qilamiz. Nega faoliyatimni Fransiyada yakunlamasligim kerak — kim biladi" ,— dedi Kante.
Ma'lumot uchun, futbolchi turk klubi bilan 2028 yil yozigacha shartnoma imzolagan. Joriy mavsumda u jamoa safida 10 ta o'yinda ishtirok etib, 1 ta gol urgan.
Fikrlar