Kapadze nega ma’lum bir vaqt Kannavaroning yordamchisi sifatida ishlaganini tushuntirdi

  • 27.11.2025 14:26
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

O‘zbekiston milliy terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Temur Kapadze Indoneziyaga tashrifi chog‘ida mahalliy “Garuda TV”ga bergan intervyusida nega ma’lum vaqt davomida Fabio Kannavaroning yordamchisi sifatida faoliyat yuritganini tushuntirdi.

"Fabio Kannavaro kelganidan so‘ng men rahbariyat bilan gaplashdim. Terma jamoaga tezroq moslashishi uchun Kannavaroga ikkita yig‘inda yordam beraman. Men esa alohida faoliyat yuritishni afzal ko‘rdim. O‘z ustimda ko‘proq ishlaganim ma’qul, deb ularga aytdim. Rahbariyat buni to‘g‘ri qabul qilib, rozi bo‘ldi", — dedi Kapadze.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!