
Kapello ikki italiyalik murabbiyni maqtadi
28 sentyabr kuni Italiya A Seriyasining 5-turidan o‘rin olgan "Milan" va "Napoli" uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Turning markaziy uchrashuvdan oldin Italiya terma jamoasi sobiq murabbiyi Fabio Kapello Allegri va Antonio Kontening ustun tomonlari haqida gapirib o‘tdi.
"Maks va Antonio bugungi kunda Italiyaning eng zo‘r ikki murabbiyi. Allegri A Seriyaning amaldagi murabbiylari orasida eng ko‘p liga kubokini qo‘lga kiritgan, Konte esa APLni ham zabt etishga erishdi. Menga doimo eng yaxshilari g‘alaba qozonadi, deb o‘rgatishgan. Bu ikki murabbiyning asosiy afzalligi ularda aniq g‘oyalar mavjudligida. Konte ham, Allegri ham har doim o‘z jamoalarini to‘liq nazorat qiladi, biroq qat’iy belgilangan sxemalarga qattiq bog‘lanib qolmaydi. Ikkalasi ham moslashuvchan bo‘lishni va mavjud tarkib bilan o‘ynay olishni biladi. Ularda futbolchilarga ko‘nikma berish va kuchini to‘g‘ri baholash hususiyatlari bor",- dedi "Milan" va "Real" jamoalari sobiq bosh murabbiyi.
Ma’lumot uchun, "Milan" va "Napoli" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 28 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:45 da start oladi.
Fikrlar