
Karantindan keyin Korona "Portu"ni mag‘lubiyatdan qutqarib qololmadi
Kecha uzoq muddatli tanaffusdan so‘ng Portugaliya chempionati yana qayta tiklandi.
Jumladan, musobaqa peshqadami hisoblangan "Portu" safarda "Famalikao" mehmoni bo‘ldi. Ammo, kutilmaganda mezbonlar 2:1 hisobida zafar quchishdi. Agar 2-o‘rinda borayotgan "Benfika" bugun g‘alaba qozonsa, "Portu" peshqadamlikni boy berishi mumkin.
"Famalikao" - "Portu" 2:1
Gollar: Martins, 48 - 1:0, Korona, 74 - 1:1, Gonsalves, 78 - 2:1
Fikrlar