Karate bo‘yicha xalqaro turnirda O‘zbekiston 3 o‘rinni ham begona qilmadi

CHERY AUTO

2024 yil 14-16 noyabr kunlari O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida sportning ITKF karate-do turi bo‘yicha barcha yosh toifalari o‘rtasida xalqaro turnir bo‘lib o‘tdi.

Tecno

O‘zbekiston (ITKF) karate-do federatsiyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan ushbu  xalqaro turnirda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston  hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi sport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahardagi mavjud sport boshqarmalaridan 300 nafardan ziyod turli yosh toifasidagi sportchilar ishtirok etdi.

Turnirda umumiy hisobda Toshkent viloyati birinchi, Samarqand viloyati ikkinchi, Jizzax viloyati va Toshkent shahri jamoasi uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!