Karate. Terma jamoamiz a’zolarining 8 nafari jahon chempionatida ishtirok etadi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Karate WKF bo‘yicha terma jamoamiz a’zolarining 8 nafari joriy yilning noyabr oyida Qohira shahri mezbonlik qiladigan jahon chempionatida ishtirok etadi. 

Ma’lumot uchun mazkur yirik musobaqa 2 yilda 1 marotaba o‘tkaziladi. Shundan 7 nafar atletimiz to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Sevinch Rahimova 105 ta davlatdan kelgan kuchlilar orasidan saralandi. 

Jamoamiz 12 ta vazn toifasidan 8 ta litsenziyani qo‘lga kiritdi. Karatechilarimiz yo‘llanma qo‘lga kiritish bo‘yicha jahonda kuchli 10 talikdan, Osiyoda esa kuchli 5 talikdan joy oldi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!