"Kardio mashina" biroz zanglabdi, biroq trilogiyada boshqa Merabni ko‘ramiz!

  • 14.10.2026 14:50
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

UFC shon-shuhrat zali a'zosi Kris Uaydman "UFC 333" turnirida bo‘lib o‘tadigan gruziyalik Merab Dvalishvili va rossiyalik Pyotr Yan o‘rtasidagi trilogiya haqida gapirdi.

"Gap – shunchaki to‘rtta g‘alabali seriya haqida emas. Bir yil ichida Merab Umar Nurmagomedov, Kori Sendxagen va Shon O'Mellini mag‘lub etdi. Keyin u Pyotr Yan bilan revanш o‘tkazdi. Men Dvalishvili nimalarni boshdan kechirganini ta'kidlamoqchiman. Bir yil ichida ko‘plab janglarni o‘tkazish qanday bo‘lishini bilaman.

Tasavvur qiling, siz to‘rtta chempionlik jangini o‘tkazishingiz, be'mani reklamalar bilan ishlashingiz va bir vaqtning o‘zida mashq qilishingiz kerak. "Kardio mashina" buni  uddalaydi, deb o‘ylagandim. Lekin, u ham biroz zanglab qolibdi.

Ammo shunday bo‘lsa-da, Merab juda aqlli jangchi, shuning uchun u so‘nggi bahsda nima ish bergani va nima ish bermaganini tushunganini hisobga olsak, trilogiyada biz boshqa Merabni ko‘ramiz. U qanday o‘zgarishlar kiritishi menga ham qiziq", - dedi Uaydman "Deep Waters" podkastida.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!