Karen Xachanov bu haftada necha pul ishladi?
Rossiyalik Karen Xachanov va fantsiyalik Lyuku Puy "ATP Open 13 - 2018" turnirining final uchrashuvida o‘zaro kuch sinashdi.
Marsel shahri mezbonlik qilgan mazkur musobaqaning so‘nggi uchrashuvida Karen mezbon tennischini 7:5, 3:6, 7:5 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Shu tariqa g‘alaba qozongan Karen Xachanov turnir bosh sovrinini qo‘lga kiritdi. Shuningdek 250 reyting ochkosi va 115.150 Evro pul mukofotiga ham ega bo‘ldi.

Fikrlar