Karlos Pratesning zarbasi nishonga tegishi bilan Islom Maxachev uxlab qoladi
Braziliyalik UFC’ jangchisi Jan Silva do‘sti va jamoadoshi Karlos Prates hamda rossiyalik Islom Maxachev o‘rtasidagi bahs uchun o‘z prognozlarini bildirdi.
"Maxachev Ian Garri bilan "stoyka"da zarba almashishga rozi bo‘ldi, chunki irland Prates kabi nokaut kuchiga ega emasdi. Karlos bilan Islom tik turib ishlamaydi. Bu Pratesning katta ustun jihati hisoblanadi. U zarbasini nishonga tekkizishi bilan jang tugaydi. 5 raundlik to‘qnashuvda Maxachev Pratesning birorta ham kuchli zarbasini o‘tkazib yubormasdan o‘ta olishiga ishonmayman", - dedi braziliyalik "MMA Fighting" nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Maxachev va Prates o‘rtasidagi ehtimoliy jang 2027 yil yanvarida "UFC 336" turnirida o‘tkazilishi mumkin.

Fikrlar