Karolin Garsiya muxlislarni xursand qildi
Zohir2018
Musobaqa davom etmoqda
Frantsiyalik tennischi Karolin Garsiya Lion shahrida o‘tayotgan musobaqaning chorak final bosqichiga muvaffaqiyatli o‘tib oldi.
Yakkalik bahslarining ikkinchi davrasida Karolin belgiyalik Isalin Bonavantyurni 7:5, 6:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Shu tariqa, "Open 6 Sens"ning chorak finalida Garsiya belgiyalik Alison van Uytvankka qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi.

Izohlar (0)