Karolina Plishkova ajoyib g‘alabaga erishdi
Chexiyalik tennischi Karolina Plishkova "Nature Valley International" musobaqasining chorak finalidan muvaffaqiyatli o‘tib oldi.
Karolina ushbu bosqichda rossiyalik Ekaterina Aleksandrovaga qarshi kortga chiqib, yakunda 6:2, 6:0 hisobida zafar quchdi.
Shu tariqa Istburn shahrida o‘tayotgan musobaqaning yarim finaliga chiqqan Plishkova, endi gollandiyalik Kiki Bertensga qarshi kortga chiqadi.

Fikrlar